Dunyoda

Meksikadan timsoh, chayon va zaharli ilonni sovgʻa sifatida olib kelayotgan rossiyalik ushlandi

Ekspertiza oʻtkazilgandan keyin maʼmuriy yoki jinoiy ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Hayvonlar maxsuslashtirilgan markazga vaqtincha ushlab turish uchun topshirildi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Moskvaning “Vnukovo” aeroporti bojxona xizmati xodimlari Meksikaning Kankun shahridan uchib kelgan shaxsning yuki ichidan tirik timsohlar va zaharli ilonni topishdi, deb yozadi RIA Novosti Rossiya Federal bojxona qoʻmitasining xabariga tayanib.

“Rossiya fuqarosi Rossiya hududiga 30 ta kichik timsohlar, 2 ta oʻrgimchak, 4 ta chayon hamda zaharli ilonni noqonuniy olib kirishga urindi”, - deyilgan xabarda.

Krokodilovaya ferma na ostrove Djerba v Tunise. - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Shok video – amerikalik timsohlar toʻla hovuzga quladi

Qoʻlga olingan shaxs bu hayvonlarni qarindoshlariga sovgʻa sifatida olib borayotganini maʼlum qilgan.

Dunyodagi eng keksa ona: hindistonlik ayol 65 yoshida farzandli boʻldi ˃˃˃

Ekspertiza oʻtkazilgandan keyin maʼmuriy yoki jinoiy ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.  Hayvonlar maxsuslashtirilgan markazga vaqtincha ushlab turish uchun topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala