Dunyoda

Olimlar gazli suv buyrak uchun xavfli ekanligini aniqlashdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishProduktsiya zavoda Coca-Cola
Produktsiya zavoda Coca-Cola  - Sputnik Oʻzbekiston
Keysi Rebxolts oʻzining Baltimorda joylashgan (AQSH) Jon Gopkins universitetidagi hamkabslari bilan uch mingga yaqin afroamerikaliklarning soʻnggi 15 yil ichidagi hayotini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Shirin gazli ichimliklarni xush koʻruvchilar nafaqat semizlikka, balki ogʻir buyrak xastaliklariga ham duchor boʻlishlari mumkin. Bu haqda RIA Novosti Clinical Journal of the American Society of Nephrology maʼlumotiga tayanib xabar qildi.

Keysi Rebxolts oʻzining Baltimorda joylashgan (AQSH) Jon Gopkins universitetidagi hamkabslari bilan  uch mingga yaqin afroamerikaliklarning soʻnggi 15 yil ichidagi hayotini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi. Shu yillar ichida ularning 6 foizga yaqini surunkali buyrak kasalligi qurboni boʻlishdi. Bu ekspertlarga kasallikning rivojlanishiga koʻproq qaysi omillar taʼsir koʻrsatishini kuzatishga imkon berdi.

Saxarnыy zavod  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Shirin ogʻu": olimlar shakarning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

Maʼlum boʻlishicha, gazli suv va boshqa shirinliklar kasallik rivojlanishining asosiy omillari boʻlishgan. Shunga oʻxshash mahsulotlar koʻp isteʼmol qilgan eksperiment ishtirokchilari oʻrtacha 61 foizga koʻproq buyrak faoliyatidagi yetishmovchilik va surunkali buyrak kasalligiga giriftor boʻlishgan.

Rus olimlari qon bosimi oshishiga qarshi nano-dori vositasini yaratishdi˃˃˃

Olimlarning ishonchi komilki, olingan natija shirinroq qilingan ichimliklar savdosini qonun bilan cheklash yoki ularga qoʻyilgan soliqlarni oshirish kerakligidan dalolat beradi. Shu kabi choralar tufayli semizlik tarqalishini oldini olish va buyrak xastaligiga chalingan insonlar sonini kamaytirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala