Jamiyat

Bosh vazir oʻrinbosarlari parlament tomonidan tasdiqlanadi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova17-oye plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa RUz
17-oye plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi.

TOSHKENT, 28 dek – Sputnik.  Prezident parlamentga murojaatida Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etilishi taklif qildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri deb xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom soveщanii s sotrudnikami SGB - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 2019 yil nomini eʼlon qildi

“Hozirda parlament bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qoʻyishda qatnashmaydi. Shuning uchun hukumat aʼzolari parlament oldida masʼuliyatni yetarli darajada his etayotgani yoʻq. Shu bois, Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman.

Boʻlajak vazir parlament aʼzolari oldida sohani rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini himoya qilsin va unga erishish yoʻllarini asoslab bersin. Bir soʻz bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin. Shundan soʻng men imzo chekaman”, - deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yigʻilishda boʻlajak vazirlar parlament oldida masʼuliyatni his etishi, lavozimga munosibligini isbotlashi kerakligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala