Paxta, tomchilatib sug‘orish va subsidiya: prezident yangi qarori

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishPolya gotovie k kapelnomu orosheniyu
Polya gotovie k kapelnomu orosheniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Budjet mablag‘idan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun har bir gektar yerga 8 mln so‘m subsidiya beriladi.

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Urojay xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2019-yilda qancha maydonga paxta ekilishi ma’lum bo‘ldi

Qaror bilan g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Tomchilatib sug‘orishni joriy qilganlar hamda ushbu tizimni ishlab chiqaruvchilarni quyidagicha qo‘llab-quvvatlash belgilandi:

- budjet mablag‘idan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun har bir gektar yerga 8 mln so‘m subsidiya beriladi;

- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan tomchilatib sug‘orish tizimlarini qurish, ta’mirlash uchun ajratiladigan kredit bo‘yicha foizlar banklar tomonidan belgilangan foiz stavkasidan bir gektarga 20 mln so‘mdan oshmaydigan qismining 10 foizli punkti miqdorida qoplanadi;

- import shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish talabi tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha tuziladigan import shartnomalariga qo‘llanilmaydi;

- tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xom ashyo 2021-yil 1-yanvargacha bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan paxta yog‘i uchun aksiz solig‘i undirilmaydi

Qarorga muvofiq, Hukumatning suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan 2019-2020 yillarda paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda paxta xom ashyosini ishlab chiqarishda foydalaniladigan suvda eruvchan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.

2019 yil 1-noyabrgacha tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishdagi rag‘batlantirishlarni ekinlarning boshqa turlariga ham tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0