O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yog‘mayapti? Sinoptiklar javobi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSnegopad v Moskve
Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston sinoptiklarining ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda butun dunyoda kuzatilayotgan global isish tendensiyalari tufayli, issiq kechayotgan qish mavsumlari soni ortmoqda, shu bois, qor ko‘rinishida yog‘adigan qishqi yog‘ingarchiliklar miqdori ham kamayib bormoqda.

TOShKENT, 28 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati mamlakatda Yangi yil arafasida bir necha yil davomida nega qor yog‘mayotgani sababini tushuntirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Proxojie vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Odamlar odatda Yangi yil bayramlarini sovuq va muzli ob-havo bilan bog‘lashadi. Ammo O‘zbekiston aholisi, boshqa janubiy regionlar yashovchilari singari Yangi yilni hamisha ham qor bilan kutib olavermaydilar.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 50-yil ichida Toshkentda 31-dekabr kuni yog‘ingarchilik 4-5 yilda bir marotaba, 1-yanvar kunlari esa 2-3 yilda bir marotaba kuzatilgan. Ammo hamisha ham bu yog‘ingarchiliklar qor ko‘rinishida bo‘lavermaydi. Yangi yil oqshomi kuni qor yog‘ishi holati esa yanada kamroq kuzatiladi. O‘rta Osiyo iqlimi xususiyatlari shunday, deyiladi O‘zgidromet javobida.

O‘zbekiston sinoptiklarining ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda butun dunyoda kuzatilayotgan global isish tendensiyalari tufayli, issiq kechayotgan qish mavsumlari soni ortmoqda, shu bois, qor ko‘rinishida yog‘adigan qishki yog‘ingarchiliklar miqdori ham kamayib bormoqda.

Bu yil ham 31-dekabr kuni O‘zbekiston hududida quruq va mo‘tadil iliq havo harorati kuzatiladi, Yangi yilning birinchi kunida esa respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliklar bo‘ladi. Ammo qor emas, yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kechasi 0oga yaqin, kunduzi esa 6-9o iliq daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Meteorologik kuzatuvlar tarixida Toshkentda eng sovuq  Yangi yil oqshomi 1889-yilda kuzatilgan. Haro harorati o‘shanda -28 daraja sovuq bo‘lgan.

So‘nggi 50-yil davomida Toshkentda bu kabi havo harorati pastlashi kuzatilmagan va shu davr mobaynida eng sovuq yangi yil oqshomi - 1991-yilning 1-yanvarida kechgan. O‘shanda Toshkentda temperatura 13 daraja sovuq bo‘lgan.

Toshkentda eng iliq Yangi yil oqshomlari 2009-yildan 2010-yilga va 2015-yildan 2016-yilga o‘tar kechalari kuzatilgan, bunda 31-dekabr va 1-yanvar kunlari kunduzi havo harorati 18-19 daraja iliq bo‘lgan.

Novogodniy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil kayfiyati: Toshkent bayramga tayyor

Eng qorli Yangi yil oqshomi esa 2007-yilning birinchi kuni bo‘lgan. Qor yog‘ishi yangi yil oqshomida boshlanib, 1-yanvar kun bo‘yi davom etgan. Bu so‘nggi 15-yildagi eng go‘zal Yangi yil bo‘lgan edi, deyiladi sinoptiklar javobida.

Shunday hollar bo‘ladiki, qor ertaroq yog‘ib, Yangi yil oqshomida ham erimaydi. Oxirgi marta bunday holat 2011-yil yakuni va 2012-yil boshida kuzatilgan. O‘shanda ob-havo O‘zbekiston aholisida Yangi yil kayfiyatini tashkil qilish bo‘yicha majburiyatlarini oldindan bajarib qo‘ygan.

O‘shanda yilning oxirgi haftasida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar bir necha marotaba yog‘ib, 27-dekabr kunida shaharni momiq qor shapkalar kiygan daraxtlar bezab, chinakam qish ertagini hosil qilgan.

Sinoptiklarning ta’kidiga ko‘ra, iliq qishlar soni ko‘payishi sovuq qish mavsumlari endi bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Normal yoxud iliq qish mavsumlari davomida ham sovuq davrlar bo‘lishi mumkin. Shu bois, yaqin kelajakda Yangi yil ayyomlarini, albatta, qor bilan kutib oladigan kunlar bo‘lishiga umid qilib qolamiz, deyiladi sinoptiklar tomonidan Sputnik muxbiriga yo‘llangan javobda.

Yangiliklar lentasi
0