O‘zbekiston Rossiyaga xush yoqish uchunmas, o‘z pozitsiyasiga ko‘ra ish tutadi - Turdenev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev O‘zbekistonning xalqaro maydondagi pozitsiyasi borasida gapirdi va ikki davlat pozitsiyalari o‘rtasidagi o‘xshashliklar nega ko‘pchilikni taajjubga solishi kerak emasligini tushuntirdi

TOShKENT, 29 dek - Sputnik. O‘zbek sheriklarimiz ko‘pincha biz ma’qullagan pozitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Ular buni bizga xush yoqish uchun emas, balki prinsip jihatdan o‘zlari uchun belgilab olgan yo‘nalishlariga mos kelgani uchun amalga oshiradilar, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev 2018-yil yakunlariga bag‘ishlangan yakuniy matbuot-anjumanida.

O‘zbekiston Qrim harbiylashuvi haqidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Turdenev Rossiya va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi pozitsiyalari va hamkorligi to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, ikki davlatning eng muhim xalqaro masalalarga munosabatlari mos yoki hamohang tushishini oddiy shtampdek qabul qilish kerakmasligini aytdi.

"Chetdan qaraganda hamma davlatlar bitta rezolyutsiyaga ovoz beradi. Bu oddiy holdek, hech qanday yangilik yo‘qdek tuyulishi mumkin. Lekin hozirgi murakkab, o‘zaro ziddiyatlar keskin tus olgan bir vaqtda pozitsiyalarimizni tahlil qiladigan bo‘lsak, ular ko‘plab masalalarda o‘zaro yaqin yoki mos tushishiga guvoh bo‘lamiz. Shuni qayd etishim joizki, o‘zbek sheriklarimiz biz qo‘llab-quvvatlaydigan pozitsiyalarni qo‘llab-quvvatalashadi. Ular bu ishni bizga xush yoqish uchun emas, balki bu ularning prinsip jihatdan belgilangan yo‘nalishlariga mos kelgani uchun amalga oshiradilar", - dedi u.

Putin va Mirziyoyev "soatlarni solishtirdi">>>

Elchi bir guruh davlatlar, xususan, Rossiya tomonidan kiritilgan va BMT Bosh Assambleyasi Uchinchi (gumanitar) qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan "Natsizmning qahramonlashtirilishiga qarshi" rezolyutsiyani misol keltirdi.

"O‘zbekiston an’anaga muvofiq, ushbu rezolyutsiya bo‘yicha biz bilan birga ovoz berdi. An’anaga muvofiq, hammualliflar qatoriga kirdi. Tabiiyki, bu singari rezolyutsiyani ilgari surayotgan davlat o‘z sheriklariga murojaat qiladi. Jumladan biz ham sherik-mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklari bilan muloqot qilamiz, so‘raymiz. Ular o‘z navbatida bu hujjatni o‘rganib, o‘z tuzatishlarini kiritadilar va biz bu tuzatishlarni qabul qilamiz. Chunki bu umumiy oqimga tegishli", - deya tushuntiradi Turdenev va natsizmning qahramonlashtirilishiga qarshi rezolyutsiyaga faqat ikki davlat - Qo‘shma Shtatlar va Ukraina qarshi ovoz berganini aytadi.

Reyxstag ustida g‘alaba bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
SSSRning natsizm ustidan qozongan g‘alabasidan AQSh va Yevropaliklarning xabari yo‘q

Eslatib o‘tamiz, natsizmning qahramonlashtirilishiga qarshi rezolyutsiya 130 davlat tomonidan ma’qullangan, AQSh va Ukraina qarshi ovoz bergan, 51 davlat, xususan, Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi davlatlar ovoz berishdan saqlanganlar. Natsizmning qahramonlashtirilishiga qarshi rezolyutsiya 2005-yildan buyon har yili qabul qilinadi va faqat oxirgi bir necha yillarda AQSh va Ukraina bunga qarshi ovoz berib kelmoqda.

Turdenev, shuningdek, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng ilgari surilgan Qrimning harbiylashtirilishi to‘g‘risidagi rezolyutsiya borasida to‘xtalar ekan, bu Rossiya uchun og‘riqli masala ekanini yashirmadi.

Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga Putin qanday munosabat bildirdi?>>>

"Amerikaliklar tomonidan ilgari surilgan bu rezolyutsiyani aksariyat G‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlashdi, bu rost. Lekin O‘zbekiston biz bilan birga bo‘ldi. U o‘z prinsipial pozitsiyasidan kelib chiqqan holda biz tomon bo‘ldi. Nega deganda, bu kabi masalalarda davlatlarning pok nomlarini bulg‘ash amaliyotiga qarshi ekanini ko‘rsatdi", - deya O‘zbekiston pozitsiyasiga izoh beradi diplomat.

OZXOning xohishi yoxud o‘zaro hamohanglik siri nimada?

Turdenev, shuningdek, Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkiloti (OZXO) tomonidan o‘z ta’sir tizimini o‘zgartirishga urinish, ya’ni konvensiyani buzganlarni "aybdor" deb e’lon qilish huquqini qo‘lga kiritish "tashabbusini" ham esga oldi.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi

"G‘arbliklar va Amerika tomonidan o‘ta kuchli bosim bo‘ldi. Hamma ham bu bosimga dosh berolmadi. O‘zbekiston biz bilan bo‘ldi. O‘zbekiston - g‘arbliklar baribir ustun kelishini bilgan holda ham biz bilan bo‘ldi. Chunki bu uning prinsipial pozitsiyasi edi. Chunki O‘zbekiston ham Rossiya singari bu yerga gap Rossiya va g‘arbliklar o‘rtasidagi "shoxlashuvdamas", balki avval boshdan aybdorlarni e’lon qilish huquqiga ega bo‘lmagan tashkilotga Xavfsizlik kengashining alohida huquqlari olib berilishi singari juda xavfli, shu paytgacha kuzatilmagan holat yuzaga kelayotganini bilardi. Bizning pozitsiyamiz mohiyati mana shunda edi", - deb davom etadi diplomat.

Turdenev Rossiya ham O‘zbekiston tomonidan xalqaro maydonda ilgari suriladigan rezolyutsiyalarni qo‘llab-quvvatlashini aytadi ammo "o‘zbek sheriklarimiz har doim ham takliflarimizni ma’qullayvermaydilar", deya qo‘shimcha qiladi.

"Ishoning, biz ham O‘zbekiston ilgari surayotgan rezolyutsiyalarga o‘z takliflarimizni yoki e’tirozlarimizni kiritamiz va ular inobatga olinadi. Masalan, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasiga medallarni zarb qilish haqidagi taklifimizni O‘zbekiston tomon qo‘llab-quvvatladi. Ammo bizning o‘zbek sheriklarimiz takliflarimizga rad javobini bergan vaqtlar ham, albatta bor. "Kechirasiz, bu bizning pozitsiyamizga muvofiq emas", degan javobni berishadi va biz buni ham tushunamiz. Chunki bu O‘zbekiston pozitsiyasi va biz uni hurmat qilishimiz kerak", - dedi diplomat.

Rossiya elchisi shuningdek, O‘zbekiston oxirgi ikki yilda MDH doirasida o‘z ishtirokini optimallashtirganiga yuqori baho berdi va 2020-yilda MDHga raislik qilishini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0