O‘zbekistonda 2019-yilda 400 dan ortiq bog‘cha ta’mirlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDetskiy sad Wunderkinds in Kungirad prinyal pervix vospitannikov
Detskiy sad Wunderkinds in Kungirad prinyal pervix vospitannikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada bog‘chalarni ta’mirlash ishlariga 1,6 trillion so‘m ajratilgan.

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. O‘zbekistonda keyingi yilda 442 ta bog‘cha ta’mirlanadi, deb xabar qildi UzNews.uz.

Ta’mirlash ishlariga 1,6 trillion so‘m ajratilgan, bu 2018-yilga nisbatan 448 milliardga ortiq.

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 53,5 million, Andijon viloyatiga – 136 million, Buxoro viloyatiga – 141 million, Jizzax viloyatiga – 81 million va Qashqadaryo viloyatiga 135 million so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, 2019-yilda 53 ta bo‘sh bo‘lgan binolarni ta’mirlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandi.

Shuningdek, 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahrida bolalarni majburiy ta’limga bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirilishi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0