Yangi xorijga chiqish pasporti haqida nimalar ma’lum

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda doimiy yashaydigan fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 100 foizini tashkil qiladi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur hujjatga binoan, xorijga chiqish pasportini olish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 120 foizini tashkil qiladi (243 276 so‘m).

16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 80 foizini tashkil qiladi (162 184 so‘m).

O‘zbekistonda doimiy yashaydigan fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 100 foizini tashkil qiladi (202 730 so‘m).

O‘zbekiston pasportining "kuchi" oshmoqda ˃˃˃

Yangi xorijga chiqish pasporti jigarrang va 48 ta sahifadan iborat bo‘ladi. Shuningdek, hujjat bezagida suv belgilari, sakkizburchakli pentagramma, rangi almashadigan bo‘yoq, muar effekti, metallashgan himoya ipi va laminatsiya qilingan plenkadan foydalaniladi. Yangi hujjatni 2019-yil 1-yanvaridan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili bo‘yicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani to‘ldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va voyenkomatdan ma’lumotnoma (harbiy xizmat majburiy bo‘lgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0