Putin Yangi yil bayramida nima bilan band bo‘lishini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v tovarisheskom matche Nochnoy xokkeynoy ligi
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v tovarisheskom matche Nochnoy xokkeynoy ligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u xokkey o‘ynab, chang‘i uchishni xohlaydi

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yil bayrami va yanvar oyida bo‘ladigan ta’til kunlari uchun alohida reja tuzmaganligini aytdi. Davlat rahbari dam olish kunlarini Moskvada o‘tkazmoqchi - Putin xokkey o‘ynab, chang‘i uchishni istashini ma’lum qildi.

Prezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora s patriarxom konstantinopolskim Varfolomeyem iz svoyey rezidensii v Ankare - Sputnik O‘zbekiston
Kreml aloqada: Putinning telefonini eshitish mumkinmi?

"Alohida rejalarim yo‘q, shu yerda, Moskvada bo‘laman. Keyin ko‘ramiz, balki xokkey o‘ynarman, chang‘i ucharman, ko‘ramiz", - dedi davlat rahbari "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida. 

Sal oldinroq RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Rossiya yetakchisi Yangi yilni yaqinlari va tanishlari davrasida o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edi.

Umuman olganda, Putin sportning har qanday turiga qiziqishi kuchli ekanligini kuzatish mumkin. Rossiya yetakchisi bu orqali o‘z vatandoshlarida faol hayot tarziga muhabbat uyg‘onishini xohlaydi.

Yangiliklar lentasi
0