Rossiya elchisi: Oʻzbekiston rahbariyati 2019-yilga yaxshi nom tanladi

© Ramiz BaxtiyarovPosol Rossii v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev
Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Diplomat, Oʻzbekiston rahbariyati yil davomida yil nomlanishiga munosib ishlar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga murojaatida 2019-yilni "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb eʼlon qilgan edi.

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Rossiyaga xush yoqish uchunmas, oʻz pozitsiyasiga koʻra ish tutadi - Tyurdenev

2018-yil yakuniga va yil davomida roʻy bergan eng yorqin voqealar muhokamasiga bagʻishlangan yakuniy matbuot-anjumanida Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Oʻzbekiston rahbariyatining yil nomi bilan bogʻliq qaroriga izoh berdi.

"Oʻzbekiston rahbariyati investitsiyalar va ijtimoiy masalalarga bejiz toʻxtalgani yoʻq. Bu haqda Shavkat Miromonovich nafaqat Murojaatnomadagi nutqida, balki undan avvalgi chiqishlarida ham gapirgan. Investitsiyalarni jalb qilish masalasi - gap bu yerda faqatgina chet el sarmoyalari haqida borayotgani yoʻq, balki oʻzbek kapitalining mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishi ham nazarda tutilmoqda - Oʻzbekiston iqtisodiyoti taraqqiyoti uchun printsipial ahamiyatga ega. Qolaversa, mamlakat oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari roʻyobga chiqishi ham bevosita investitsiyalarga bogʻliq. Shu bois, men, 2019-yilga berilgan nomni ijobiy baholayman. Ishonamanki, Oʻzbekiston rahbariyati yil nomi uning mazmuniga mos kelishi uchun astoydil harakat qiladi", - dedi Tyurdenev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala