Yangi yil kechasi metro tungi 01:00 gacha ishlaydi

Obuna bo‘lish
Oldinroq, 31-dekabr kuni Toshkentdagi barcha avtobuslarning ish vaqti bir soatga uzaytirilgani ma’lum qilingan edi

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Yangi yil kechasi metro faoliyati vaqti uzaytiriladi, deb xabar qildi "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot-xizmati.

Avariya s reysovim avtobusom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 31-dekabr kuni barcha avtobuslar ish rejimi bir soatga uzaytiriladi

Xabarda aytilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni faoliyati soat 01:00ga qadar uzaytiriladi.

2018 yil 31-dekabr kuni soat 22:00dan 2019-yil 1-yanvar soat 01:00gacha bo‘lgan poyezdlar oralig‘i: Chilonzor liniyasida - 4 daqiqa, O‘zbekiston liniyasida - 5 daqiqa, Yunusobod liniyasida - 6 daqiqani tashkil etadi.

Oldinroq, 31-dekabr kuni Toshkentdagi barcha avtobuslarning ish vaqti bir soatga uzaytirilgani ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0