Qozog‘istonda O‘zbekiston konsullik bo‘limi ish boshladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBulvar Nurjol v Astane
Bulvar Nurjol v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Olma-ota va Chimkent shaharlari, Olma-ota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari, shuningdek, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau va Aqto‘be viloyatlari kiradi

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Qozog‘istonda O‘zbekistonning konsullik bo‘limi faoliyat yuritishni boshladi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston fevral oyida Silk visani joriy etishni rejalashtirmoqda

"O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi konsullik bo‘limi Ostona shahrida faoliyat yuritishni boshlashi munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran uning konsullik okrugiga Ostona shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘andi viloyatlari kiradi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Aqtau shahrida Bosh konsulxonasi ochilguniga qadar 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Olma-ota va Chimkent shaharlari, Olma-ota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari, shuningdek, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau va Aqto‘be viloyatlari kiradi.

Yangiliklar lentasi
0