TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Xonanda Aziza Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda, oxirgi vaqtlarda Rossiyada, ayniqsa Moskva koʻchalarida koʻplab oʻzbekistonliklarni uchratayotganidan mamnunligini aytib berdi.
“Barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman, birinchi oʻrinda oʻz yurtdoshlarimni. Hozir ularning koʻpi Rossiyada yashamoqda. Koʻchada sharqona yuzlarni koʻrganimda ular bilan oʻzbekcha salomlashib, oʻzimni Toshkentda yurgandek his qilaman” – dedi Aziza Sputnik muxbiriga.
Biroz oldin Aziza Sputnik efirida oʻz yubileyini Toshkentda kutib olishni rejalashtirayotganini hamda Oʻzbekiston poytaxtida "Vse ili nichego" nomli katta kontserti bilan chiqishini ham xabar qilgan edi.
Aziza pozdravila Uzbekistan s Novыm godom