TOSHKENT, 31 dek – Sputnik. 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Janubiy Koreyaning supermarket va boshqa savdo doʻkonlarida plastik paketlardan foydalanish man etiladi, bu haqida Daryo nashri Yonhap agentligiga asosan xabar bermoqda.
Ushbu cheklov 1 yanvardan kuchga kiradi va 11 ming supermarket, 2 ming autlet magazinlarga tegishli boʻladi. Endi xaridorlarga plastik paketlar oʻrniga qogʻoz yoki matodan tayyorlangan paketlar taklif qilinadi.
Plastik paketlardan faqat goʻsht yoki baliq mahsulotlarini oʻrash uchun ruxsat beriladi. Mazkur qoidani buzganlik uchun doʻkonlar 3 million von (2,6 ming dollar atrofida) jarimaga tortiladi, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, plastik paketdan oʻrtacha foylanish vaqti 10 daqiqani tashkil qiladi, yaʼni xaridlani magazindan uyga olib kelguncha. Shundan soʻng u musorga aylanadi. Plastik paketning chirib ketish vaqti 50 yildan 500 yilgacha boʻlgan tufayli u Yer shari ekolgiyasiga hamda suv va quruqlikda yashayotgan tirik jonzotlar hayotiga ulkan xavf tugʻdiradi.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari plastik paketlardan foydalanishdan bosqima-bosqich voz kechmoqda. Masalan Frantsiyada plastik paketlardan foydalanish mutlaq taʼqiqlangan. Britaniyada 2015 yildan boshlab har bir ishlab chiqarilgan plastik paket uchun 5 tsent soliq kiritilgan.
Yevropa mamlakatlarida ham odam boshiga ishlab chiqarilayotgan plastik paketlar sonini yil sayin qisqartirib borish rejasi qabul qilingan. Unga koʻra 2019 yilda bir kishiga 90ta paket, 2025 yilga kelib – 40 tagacha tushirish rejelashtirilgan.
Rossiyada ham EKA - “yashillar harakati” plastik paketlardan foydalanishni qisqartirish maqsadida kurash olib bormoqda. Shu tufayli 3 yil oldin supermarketlarda plastik paketlarni bepul tarqatish taʼqiqlangan edi.