Foto

2018 yil: Oʻzbekiston armiyasining eng yorqin voqealari

Eʼtiboringizga oʻtgan bir yil davomida Oʻzbekiston armiyasida roʻy bergan eng muhim voqealar ketma-ketligini taqdim etamiz.

2018 yilda Oʻzbekiston mudofaa salohiyatini oshirish, qoʻshinlarning jangovar shayligini yuksaltirish, milliy armiyani zamonaviy harbiy-texnika va qurol-aslahalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Patrioticheskiy rolik - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Oʻzbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Xususan, Oʻzbekiston prezidentining 4 avgustdagi qaroriga koʻra, armiyada tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi joriy etilib, harbiy psixolog, sotsiolog lavozimlari kiritildi, Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish Kontseptsiyasi tasdiqlandi.

Jakarta va Palembang shaharlarida oʻtkazilgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubi aʼzolari 10 ta oltin, 12 ta kumush hamda 11 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Toshkentdagi "Universal" sport majmuida MDHga aʼzo davlatlar doʻstona armiyalari oʻrtasidagi armiya qoʻl jangi chempionatida Oʻzbekiston harbiylari jamoasi 5 ta oltin medal bilan birinchi oʻrinni qoʻlga qiritdi.

Birinchi marta Oʻzbekiston va Tojikiston respublikalari qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari oʻrtasida Tojikiston hududida hamkorlikda "Jangovar hamdoʻstlik—2018" oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Toshkentda birinchi marta MDHga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kenashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qoʻshin razvedkachilari oʻrtasida oʻtkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro tanlovida birinchilikni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlaridan tarkib topgan "Sharq yulduzi" terma jamoasi Moskvada boʻlib oʻtgan «Mudofaa vazirining KVN kubogi» xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga binoan Mudofaa vazirligi qoʻshinlari tarixda birinchi marta oʻquv signali boʻyicha yuqori jangovar shaylikka keltirildi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Global Firepower tomonidan tuzilgan, 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 9 pogʻona yuqoriga koʻtarilib, 39 oʻrinni egalladi.

© Ministerstvo oboronы RUzQoʻshinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashyutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh boʻlib uchish mashqlari oʻtkazildi.
Qoʻshinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashyutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh boʻlib uchish mashqlari oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
1/8
Qoʻshinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashyutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh boʻlib uchish mashqlari oʻtkazildi.
© MO UzbekistanaMudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya oʻyinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya oʻyinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldi. - Sputnik Oʻzbekiston
2/8
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari IV Xalqaro armiya oʻyinlarida ikkinchi bor ishtirok etib, 6 ta sovrinli oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldi
© Press-slujba minoboronы RUzKursantlar oʻrtasida oʻtkazilgan IV Xalqaro olimpiadada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, toʻrtta yoʻnalishida faxrli oʻrinlarni egallashdi.
Kursantlar oʻrtasida oʻtkazilgan IV Xalqaro olimpiadada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, toʻrtta yoʻnalishida faxrli oʻrinlarni egallashdi. - Sputnik Oʻzbekiston
3/8
Kursantlar oʻrtasida oʻtkazilgan IV Xalqaro olimpiadada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, toʻrtta yoʻnalishida faxrli oʻrinlarni egallashdi.
© Ministerstvo oboronы UzbekistanaPrezident qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy taʼlim oʻquv yurtlariga 5 foizli kvota asosida oʻqishga qabul qilinadigan boʻldi. Bugungi kunda 350 ga yaqin harbiylarning farzandlari oliygohlarda shu imtiyozdan foydalanib oʻqimoqda.
6) Prezident qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy taʼlim oʻquv yurtlariga 5 foizli kvota asosida oʻqishga qabul qilinadigan boʻldi. Bugungi kunda 350 ga yaqin harbiylarning farzandlari oliygohlarda shu imtiyozdan foydalanib oʻqimoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
4/8
Prezident qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy taʼlim oʻquv yurtlariga 5 foizli kvota asosida oʻqishga qabul qilinadigan boʻldi. Bugungi kunda 350 ga yaqin harbiylarning farzandlari oliygohlarda shu imtiyozdan foydalanib oʻqimoqda.
© Ministerstvo oboronы RUz"Chirchiq" umumqoʻshin dala oʻquv maydoni bazasida tank biatloni boʻyicha musobaqa oʻtkazilishga moʻljallangan va xalqaro standartlarga mos boʻlgan birinchi maxsus maydon barpo etildi. Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor «Tank biatloni» musobaqasi oʻtkaziladi.
3) «Chirchiq» umumqoʻshin dala oʻquv maydoni bazasida tank biatloni boʻyicha musobaqa oʻtkazilishga moʻljallangan va xalqaro standartlarga mos boʻlgan birinchi maxsus maydon barpo etildi. Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor «Tank biatloni» musobaqasi oʻtkaziladi. - Sputnik Oʻzbekiston
5/8
"Chirchiq" umumqoʻshin dala oʻquv maydoni bazasida tank biatloni boʻyicha musobaqa oʻtkazilishga moʻljallangan va xalqaro standartlarga mos boʻlgan birinchi maxsus maydon barpo etildi. Mudofaa vazirligi miqyosida ilk bor «Tank biatloni» musobaqasi oʻtkaziladi.
© Ministerstvo oboronы RUzToshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100 yilligini nishonladi.
Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100 yilligini nishonladi. - Sputnik Oʻzbekiston
6/8
Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100 yilligini nishonladi.
© Minoboronы RUzOʻzbekiston hamda Qozogʻiston maxsus operatsiya kuchlari ishtirokida ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazildi. Ikki bosqichdan iborat qoʻshma mashgʻulotlar har ikki davlat hududidagi poligonlarda oʻtkazildi
Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston maxsus operatsiya kuchlari ishtirokida ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazildi. Ikki bosqichdan iborat qoʻshma mashgʻulotlar har ikki davlat hududidagi poligonlarda oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
7/8
Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston maxsus operatsiya kuchlari ishtirokida ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazildi. Ikki bosqichdan iborat qoʻshma mashgʻulotlar har ikki davlat hududidagi poligonlarda oʻtkazildi
© Minoboronы RUzV Uzbekistane obʼyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga.
V Uzbekistane obʼyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga - Sputnik Oʻzbekiston
8/8
V Uzbekistane obʼyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala