Birinchilarning Yangi yil murojaati: Markaziy Osiyo yetakchilari nimalarga e’tibor qaratishdi?

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevPrezidenti Uzbekistana, Kazaxstana, Tadjikistana i Kirgizstana
Prezidenti Uzbekistana, Kazaxstana, Tadjikistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yil sarhisobidan xulosa qiladigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo mintaqasida barcha davlatlar uchun yagona bo‘lgan taraqqiyot mexanizmi o‘z ishini boshladi. O‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan davlatlar rivojlanishning keyingi bosqichida ulkan marralarni belgilab oldilar

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Yangi 2019-yil kirib kelishi arafasida har bir davlat rahbari yilga qisqacha baho berib, kelgusi yil uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilab beradilar. E’tirofli jihati, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari endi tarixda qolgan 2018-yilda qattiq mehnat qildilar. Davlat rahbarlari o‘z nutqlarida shu jihatga alohida e’tibor qaratdilar.

Qozog‘iston: yoshlarga katta ishonch bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida 2018-yilda erishilgan muvaffaqiyatlar uchun barchaga minnatdorlik bildirdi va yil mamlakat uchun sermazmun hamda sermahsul kelganini e’tirof etdi.

Vstrecha prezidentov v Turkmenbashi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev, Nazarboyev va Jeenbekov Orol muammolari haqida nima deyishdi?

Nazarboyevga ko‘ra, 2018-yilda Qozog‘iston xalqaro sahnada o‘z pozitsiyalari va obro‘yini yanada mustahkamlab oldi -  Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qildi, mamlakat prezidenti esa Moskva, Pekin, Vashington, Brussel va boshqa Qozog‘iston uchun ahamiyatli bo‘lgan poytaxtlarga rasmiy tashriflarni amalga oshirdi.

Mamlakat iqtisodiyotida ijobiy o‘sish saqlab qolingani, sanoatlashtirish doirasida yangi ishlab chiqarish va infratuzilmaga oid korxonalar ishga tushirilgani aytildi. Mamlakat iqtisodiyotining muhim jabhalari raqamlashtirilgani qo‘shimcha qilindi.

Qozog‘istonliklar endi o‘z shahar va qishloqlarida tinchlik va xavfsizlik uchun tashvish chekmasliklari kerak. Bu uchun rasmiy Ostona sud va huquq-tartibot organlari tizimida islohotlarni boshlashni rejalashtirgan.

Fuqarolar hayoti sifati va farovonligini oshirish boshlab yuborilgan. Bu muhim qadamlarning barchasi qozoq xalqining intilishlari va mehanti tufayli amalga oshirilmoqda, deb e’tirof etdi Nazarboyev.

Qozog‘iston rahbari 2019-yilni Yoshlar yili deb e’lon qilganini hamda yosh avlod bildirilayotgan ishonchni oqlashiga va Qozog‘istonni koinotning eng yaxshi 30ta davlati qatoriga chiqara olishiga ishonch bildirdi.

Qirg‘iziston: Rossiya, axil qo‘shnilar va fuqarolar uchun farovon hayot

Qirg‘iziston prezidenti Soronbay Jeenbekov o‘z xalqiga Yangi yil qutlovini yo‘llar ekan, mamlakat o‘tgan bir yil davomida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritganini aytdi.

Gosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston kim bilan do‘st bo‘ladi - Jeenbekov bayonoti

Xususan, Qirg‘iziston YeOII maydonida o‘z pozitsiyalarini ancha yaxshilagan, strategik sherigi va ittifoqdoshi - Rossiya bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘targan. Qo‘shni mamlakatlar bilan ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Jeenbekov yil davomida mamlakat regionlariga alohida e’tibor qaratilganini, qator davlat xizmatlari elektron shaklga o‘tkazilganini, bugungi kunda hukumat jamiyat uchun haqiqatda shaffof bo‘lishi uchun harakatlar amalga oshirilayotganini, korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganini qayd etdi.

Qirg‘iziston ham Qozog‘iston singari yangi yilda har bir fuqaro himoyasiga qaratilgan sud-huquq tizimi islohotlarini boshlash rejasida.

Mamlakat fuqarolarining yashash tarzi, ta’lim olishi va mehnat sharoitlarini yaxshilashga, yanada qulay bo‘lishiga qaratilgan o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan yuqori maqsadlar belgilab olingan.

Tojikiston: avvalo Vatanga muhabbat va beminnat mehnat

Prezident Emomali Rahmon Tojikiston xalqiga telemurojaatida, 2018-yil Tojikiston taraqqiyoti uchun beminnat mehnat yili bo‘lganini - Tojikiston xalqi o‘z Vatani kelajagi uchun hamjihatlikda mehnat qilganini alohida qayd etdi.

Na stroyploshadke Rogunskoy GES  - Sputnik O‘zbekiston
Tarixiy voqea: Imomali Rahmon Rog‘un GESini ishga tushirdi

Rahmon Yangi yilda ham bu ishlarni davom ettirishga chaqirdi. Xususan, bundan buyog‘iga ham har bir fuqaro davlat mustaqilligini mustahkamlashga, vatan va millat manfaatlarini himoya qilish, yurt taraqqiyoti uchun vatanparvarlik tuyg‘usi ila beminnat xizmat qilishi, bor kuch va imkoniyatlarini, tajribasini muqaddas ona vatan rivoji yo‘lida yo‘naltirishi kerak.

Tojikiston prezidenti murakkab xalqaro vaziyatda Tojikiston aholisini o‘z farzandlarini vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga da’vat etdi. Tojikistonliklardan o‘z bolalarini qonun va huquqiy tartibotga hurmat, ilm-fan, san’atga muhabbatli etib tarbiyalash so‘raldi.

Rahmon mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan ezgu reja va maqsadlarni faqatgina har bir tojikistonlikning fidokorona mehnati va sayi-harakatlari tufayli amalga oshirish mumkinligini eslatib o‘tdi.

Turkmaniston: bu yil "hosilni o‘rib oladigan yil bo‘ladi"

Yangi yil kirib kelishiga sanoqli daqiqalar qolganida mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning o‘z xalqiga murojaati onlayn-translyatsiyasi namoyish etildi.

Berdimuhammedov o‘z murojaatida 2018-yilda mamlakat katta yutuqlarga erishganini qayd etdi. Xususan, 12 oy davomida Turkmanistonning turli burchaklarida turar joylar, tibbiyot muassasalari, sanoat korxonalari va boshqa obyektlar foydalanishga topshirilgan.

Prezident Turkmenistana prinyal uchastie v torjestve, posvashonnom nastupayushemu Novomu godu - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti uch tilda qo‘shiq kuyladi

Berdimuxamedovning ta’kidiga ko‘ra, o‘tgan 2018-yil davomida Turkmanistonda xalq farvonligi va mahalliy iqtisodiyot diversifikatsiyasi uchun mustahkam poydevor qo‘yilgan va 2019-yilda bu sayi-harakatlar o‘z samarasini berishi kutilmoqda.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradigan obyektlar qatorida Turkmaniston prezidenti "Turkmen ayna onumleri" oyna ishlab chiqaradigan zavodni, Mariy GES bug‘-gaz elektrstansiyasini, mintaqada eng yirik bo‘lgan Bolqon regionida joylashgan gaz-kimyo majmuasi - eng yuqori sifatli polietilen va polipropilen ishlab chiqariluvchi "Garabogazkarbamid" zavodini, shuningdek, TAPI gazo‘tkazgichining afg‘on uchastkasi qurilishiga start berilganini aytib o‘tdi.

2018 yil Turkmaniston uchun Buyuk Ipak yo‘lini yangicha formatda qayta tiklashga qaratilgan infratuzilma loyihalarida ham omadli kechgan. Ular orasida - Afg‘oniston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Turkiyani birlashtirib turuvchi Lazurit koridorining asosiy qismi bo‘lgan Serxetobot-Turg‘undi - temiryo‘l liniyasi, Turkmanoboddagi xalqaro aeroport, Turkmanboshidagi xalqaro dengiz porti sanab o‘tildi.

Turkmanboshi mamlakat siyosati bundan buyog‘iga ham sog‘liqni saqlash, sport, fan va ta’lim sohalarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilishini va’da berib, chiqishi yakunida o‘z ijodidan she’riy satrlar o‘qib bergan.

O‘zbekiston: ertangi kunga ishonch ortmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi yil kechasidagi telemurojaatida 2018-yilda barcha sohalarda O‘zbekiston xalqining fidokorona mehnati evaziga katta o‘zgarishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Xususan, mamlakatda zamonaviy korxonalar, uy-joylar, yo‘llar, ko‘priklar qurildi. Ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etildi.

Xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalari yanada kuchaydi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev pered zasedaniyem soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: mintaqalar, shaharlar, qishloqlar va odamlarni o‘zgartirayotgan prezident

O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish uchun salmoqli ishlar qilindi - buning natijasini bugun har bir inson va oila, har bir jamoa o‘z misolida ko‘rdi va eng muhimi, o‘zbekistonliklarning ertangi kunga ishonchi ortdi.

Davlat rahbari 2019-yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili - taraqqiyot uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochishini aytdi. Ijtimoiy rivojlanish o‘zbek xalqi turmush darajasi va sifatini keskin oshirishga xizmat qilishini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekistonda 2019-yilda tinchlik va osoyishtalik, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Xalq bilan muloqot yuqori bosqichga olib chiqiladi.

Jumladan, tadbirkorlik va xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettiriladi, obodonlashtirish ishlari asosiy vazifa etib belgilab olindi. Ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga e’tibor yanada kuchaytiriladi.

Mirziyoyev o‘z nutqi yakunida o‘zbek xalqining barcha orzu-niyatlari ushalishini, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini ko‘rishlikni, go‘zal va betakror yurt tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalq hamisha omon bo‘lishini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0