Navoy issiqlik elektr stansiyasida birinchi zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVvod v ekspluatatsiyu TES
Vvod v ekspluatatsiyu TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu obyekt Markaziy-Osiyodagi eng samarali elektrstansiyalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. 29-dekabr kuni Navoiy IESni kengaytirish va umumiy quvvati 450 megavattni tashkil etuvchi ikkinchi gaz-bug‘ qurilmasini qurish loyihasida BGQ-2 Gaz Turbinasida "birinchi olov oldirish" jarayoni o‘tkazildi, deb xabar qildi "O‘zbekenergo" matbuot-xizmati.

IES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bug‘-gaz qurilmalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi

Qurilma foydalanishga kiritilgandan keyin har yili qo‘shimcha 312,1 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi. 

450 MVt quvvatga ega elektrenergiyasini ishlab chiqaradigan bug‘-gaz qurilmasini qurilish ishlarini 2020-yil yanvar oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Bu obyekt Markaziy-Osiyodagi eng samarali elektrstansiyalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

"O‘zbekenergo" AJning loyihani qurish buyurtmasini Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems kompaniyalari bajarmoqda.

Loyihani moliyalashtirish Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘lari va "O‘zbekenergo"ning shaxsiy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, stansiyadagi 478 MVtli birinchi bug‘-gaz qurilmasi 2012-yil oxirida ishga tushirilgandi. Bu O‘zbekiston energetika tizimida amalga oshirilgan birinchi yirik xalqaro loyiha bo‘lgan. Stansiya modernizatsiyalanguncha 1 kVt elektr energiya ishlab chiqarish uchun 400 gramm gaz sarflagan, hozirda bu ko‘rsatkich 220-235 grammni tashkil qiladi. Buning evaziga 2014-2015 yillarda 700 mln kub metr gaz tejab qolingan.

Yangiliklar lentasi
0