OAV: Xitoy zilziladan xabardor etuvchi dunyodagi eng yirik tizimni qurmoqda

© AFP 2018 / FREDERICK FLORINSeysmografiya, arxivnoye foto
Seysmografiya, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yangi tizim "boshqa mamlakatlarda hasad uygʻotishi" kutilmoqda, deb xabar qilgan CGTN telekanali

TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Xitoyda yer qimirlashidan xabardor etuvchi dunyodagi eng ulkan tizim yaratilmoqda, deb xabar berdi jahon OAVlari.

Mujchina listayet knigu s prorochestvami frantsuzskogo yasnovidyaщego Nostradamusa v knijnom magazine v Bangalore - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
2019 yilda bizni nima kutmoqda - Vanga va Nostradamus bashoratlari

Xabarga koʻra, xitoylik muhandis va olimlar 2022 yilga kelib zilzila haqida oldindan xabardor etuvchi dunyodagi eng yirik va oʻta zamonaviy tizim ustida ishlarni yakunlashni rejalashtirishgan.

Bu yangi qurilma "boshqa mamlakatlarda hasad uygʻotishi" kutilmoqda, deb xabar qiladi CGTN telekanali.

Loyiha ishtirokchilari soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda mutaxassislar butun mamlakat hududi boʻylab keyinchalik bir tarmoqqa jamlanadigan 15 ming dona datchiklarni oʻrnatish bilan shugʻullanmoqda.

Kutilishicha, yer osti silkinishi yuz berishi bilan datchiklar shu soniyaning oʻzida elektrik impulslarni boshqaruv markaziga yoʻllaydi va shundan soʻng potentsial xavf zonasida yashovchi insonlar smartfonlariga xatar toʻgʻrisida ogohlantirishlar keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala