Oksana Chusovitina sportni tark etish haqida hatto o‘ylamasligini aytdi

Oksana Chusovitina vishla v final Chempionata mira po sportivnoy gimnastike v Doxe
Oksana Chusovitina vishla v final Chempionata mira po sportivnoy gimnastike v Doxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sport afsonasi Oksana Chusovitina qachon sportdan ketasiz, degan savolga javob berdi va barcha o‘zbekistonliklarni Yangi yil bilan tabrikladi

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘zbekistonlik Oksana Chusovitina "Milliy sport mukofoti-2018" taqdirlash marosimida "Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oksana Chusovitina (Uzbekistan) vo vremya kvalifikatsionnix sorevnovaniy po sportivnoy gimnastike na XXXI letnix Olimpiyskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Tom Kruz, Germaniyadagi hayoti va sakkizinchi olimpiada haqida

Marosimda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida Oksana Chusovitina ortda qolayotgan yil taassurotlari va kelgusi rejalari bilan qisqacha o‘rtoqlashgan.

"Albatta, meni mana shunday yuksak mukofotga munosib ko‘rishganidan xursandman. Lekin, tan olishim kerak, bu sovringa nafaqat menga raqobatchilik qilgan sportchilar, balki mana shu muhtasham zalda to‘plangan har bir atletimiz munosib edi. Shu ma’noda bugun mening omadim chopdi, deyish mumkin. Boisi, xalqaro maydonlarda vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarib kelayotgan har bir sportchi ushbu nomga haqli. Shu sababli men o‘z quvonchimni barcha sportchi do‘stlarim bilan baham ko‘raman. Fursatdan foydalanib, meni har qanday sharoitda qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - degan Chusovitina.

Chusovitina 2018-yil sport faoliyatimda o‘ziga xos iz qoldirgan yil bo‘lganini tan olgan.

© NOK Uzbekistana"Za propagandu otechestvennogo sporta na mejdunarodnix arenax" nagrajdena legendarnaya Oksana Chusovitina
Oksana Chusovitina sportni tark etish haqida hatto o‘ylamasligini aytdi - Sputnik O‘zbekiston
"Za propagandu otechestvennogo sporta na mejdunarodnix arenax" nagrajdena legendarnaya Oksana Chusovitina

"...Yorqin g‘alabalar bilan birga alamli mag‘lubiyatlar ham kuzatildi. Oldinda esa biz sportchilar uchun mas’uliyatli yil kirib kelmoqda, ya’ni 2019-yilda Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladi. Shuning uchun Yangi yil arafasida yaxshilab hordiq chiqarib olish va yangi sport mavsumiga yangicha g‘ayrat bilan kirib borish kerak. Bilasizmi, so‘nggi vaqtlarda mendan tez-tez "sport faoliyatingizni yakunlash haqida o‘ylamayapsizmi?", deb so‘rashmoqda. Men esa ularga: "qachonki menga shu savol bilan murojaat qilishni bas qilmaguningizcha shug‘ullanishda davom etaveraman", deb javob beraman", - degan sportchi va barcha yurtdoshlarga Yangi yilda yuzlaridan kulgi arimasligini tilab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0