Tojikiston O‘zbekistonga traktor eksport qilishga kirishdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBelorusskie traktori na vistavke v Tashkente
Belorusskie traktori na vistavke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus va Tojikiston qo‘shma korxonasi mahsulotlari keng ko‘lamda O‘zbekistonga yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘tgan yil dekabr oyining oxirgi sanalarida "Belarus 82.1" va "Belarus 80X" markadagi sakkiz dona traktorlar O‘zbekistonga yetkazib berilgan, deb xabar bermoqda InfoShHT.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga olib kiriladigan traktor va yuk mashinalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi xabar qilishicha, "Agrotexservis" QK joriy 2019-yilda ushbu traktorlarni keng ko‘lamda O‘zbekistonga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Tojikiston "Belarus 512" markadagi traktorlarni Afg‘oniston va Pokistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Xabarda aytilishicha, Belarus va Tojikiston qo‘shma korxonasi yil davomida 1,7 mingdan ortiq traktor ishlab chiqarishga qodir. Boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi uskunalari ishlab chiqarilishi esa 2,6 ming donani tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0