Sport

Bizga faqat gʻalaba kerak: Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qanday kuzatildi?

Toshkent xalqaro aeroportida futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini BAAda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogiga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi

Vaqt hali juda erta boʻlishiga qaramasdan, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport gavjum va shovqin edi: Futbol uyushmasi vakillari, sport sohasidagi mansabdorlar, fan-klub aʼzolari va hatto oddiy muxlislargacha oʻzining sevimli jamoasini muhim va terma murabbiyi uchun debyut boʻlgan turnir - Osiyo Kubogiga kuzatishga toʻplangan edilar.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMuzыkantы provojayut sbornuyu Uzbekistana na Kubok Azii
Bizga faqat gʻalaba kerak: Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qanday kuzatildi? - Sputnik Oʻzbekiston
Muzыkantы provojayut sbornuyu Uzbekistana na Kubok Azii

Futbolchilar toʻla avtobusni bir gala muxlislar va musiqachilar kutib olib, aeroport oldida haqiqiy musiqiy shou uyushtirdilar.

Bu voqealarga guvoh boʻlgan argentinalik Ektor Kuperning yuzida oddiy jarayon - termaning turnirga uchib ketishi tufayli bunday shov-shuvni kutmagani shundoq sezilib turardi.

Muxlislar "Oʻzbekiston" deb baqirib, milliy bayroqlar va kartondan yasalgan kuboklarni silkitishar ekan, oʻyinchilar oʻz diqqatlarini jamlab olishgan va deyarli barchasi jiddiy edi - hammasi uzoq parvoz, mashaqqatli mashgʻulotlar va hal qiluvchi uchrashuvlarga tayyorlanardilar.

Qoʻliga guldasta uzatilgan murabbiy Kuperning ham xayoli olislarda edi - ehtimol, guruh bosqichida yaponlarga qarshi oʻyin taktikalari haqida oʻylayotgandir.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavnыy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper
Bizga faqat gʻalaba kerak: Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qanday kuzatildi? - Sputnik Oʻzbekiston
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper

Birlashgan Arabi Amirliklarida futbol oʻyinlari 5 yanvar sansidan 1 fevralga qadar boʻlib oʻtadi. Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston termasi esa 9 yanvar kuni maydonga tushadi. "Oq boʻrilar" birinchi oʻyinni Oʻmon termasiga qarshi oʻtkazadilar. Bundan tashqari F guruhida oʻzbekistonliklarning raqiblari Yaponiya va Turkmaniston futbolchilari boʻlishlari kutilmoqda.

Oʻzbekiston milliy termasini BAAga qanday kuztishgani va oʻyinchilar qanday kayfiyatda futbol turniriga uchib ketishganini Sputnik Oʻzbekiston muxbiri videosyujetida tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala