Migratsiya

Moskvada patent narxi oshdi

Mehnat migrantlariga ishlash huquqini beruvchi patent narxi 5 ming rublgacha oshirildi

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. 2019 yil 1 yanvar holatiga koʻra, migrantlar uchun patent toʻlovi narxi 4,5 mingdan 5 ming rublga qadar oshiriladi.

Inostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekistonda Rossiyaning patent berish markazi ochilishi mumkin

Tegishli tuzatishlar Mosgorduma tomonidan 2018 yil noyabr oyi yakunida oʻtkazilgan majlisda kiritilgan.

Moskva shahar dumasining iqtisodiy va moliyaviy masalalar boʻyicha komissiya raisi Lyudmila Gusevaning fikricha, poytaxtga tegishli taʼlimni olgan va Moskvada ishlash imkoniyatiga ega mehnat migrantlari kelishlari lozim.

Ayolning soʻzlariga koʻra, chet elliklar uchun patent narxining koʻtarilishi mamlakat byudjetini toʻldirishga xizmat qiladi, tushgan mablagʻlar esa ijtimoiy yoʻnalishlarda sarf etiladi.

Moskva shahar dumasi bilan bir vaqtda Moskva viloyati dumasi ham patent narxini oshirish qarorini qabul qilgan. 2019 yil 1 yanvar sanasidan patent narxi viloyatlar uchun 450 rublga oshadi va 4,75 ming rublni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala