Siyosat

Norov SHHT Bosh kotibi lavozimida ish boshladi

© AP Photo / Stephen CherninVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashi qaroriga binoan 2019-2021 yillarga tashkilot Bosh kotibi lavozimini Vladimir Norov bajaradi

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonlik Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Norov: dunyo hamjamiyati Oʻzbekistonni tan olmoqda

Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, Norov ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va Favqulodda va Muxtor Elchi martabasiga ega.

2006-2010 gyillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan.

SHHT - 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston yetakchilari tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Ostonada 9 iyun kuni oʻtkazilgan SHHT sammitida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish qarorini imzolagan edilar.

Ayni vaqtda Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston tashkilotda kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa sherik-mamlakatlar sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala