Toshkentda harbiy-Qorbobolar kontsert dasturlari davom etmoqda

© Minoboronы RUzNovogodniye kontsertы ot pereodetыx v Korbobo voyennogo orkestra prodlyatsya do 3go yanvarya
Novogodniye kontsertы ot pereodetыx v Korbobo voyennogo orkestra prodlyatsya do 3go yanvarya - Sputnik Oʻzbekiston
Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan Yangi yil bayramining bosh archasida oʻz kontsert dasturlarini 3 yanvarga qadar taqdim etadi

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Qorbobo kiyimidagi harbiy orkestr jamoasi oʻz kontsert dasturlarini 3 yanvarga qadar taqdim etadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Novogodniy Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Yangi yil kayfiyati: Toshkent bayramga tayyor

Bu yilgi bayram tantanalari avvalgilardan tubdan farq qilmoqda. Respublikaning barcha hududlarini bayram shukuhi qamrab olgan. Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy orkestrlarning chiqishlari esa barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashmoqda.

Xususan, kuni kecha harbiy sanʼatkorlar soat 15:00 da Toshkent metropolitenining "Doʻstlik" bekatidan boshlab, oʻzlarining kuy-qoʻshiqlari bilan shahar aholisi va mehmonlariga aʼlo kayfiyat ulashdi.

Shundan soʻng shahar boʻylab, "syurpriz"lar "Oybek" metrosidan "Paxtakor"gacha, Xalqlar doʻstligi saroyidan Mingoʻrikkacha davom etdi. Mazkur ijodiy sayohat aholi uchun qulay paytda uyushtirilgani ayni muddao boʻlmoqda.

Badiiy dastur davomida kuy-qoʻshiqlarni mohirlik bilan ijroetgan sanʼatkorlarning qorbobo kiyimidagi chiqishlari davralarga oʻzgacha fayz kirityapti.

© Minoboronы RUzKontsert ot pereodetыx voyennыx v Korbobo prodlitsya do 3go yanvarya
Toshkentda harbiy-Qorbobolar kontsert dasturlari davom etmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Kontsert ot pereodetыx voyennыx v Korbobo prodlitsya do 3go yanvarya

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, barchaga kirib kelgan yil omadli boʻlishini tilab qoladi

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala