Oʻzbekistonda 1 yanvardan qator taʼqiqlar kuchga kirdi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishProdavщitsa slojila produktы v polietilenovыy paket
Prodavщitsa slojila produktы v polietilenovыy paket - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston hududida endilikda plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini tovarlar narxiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tan narxidan past narxlarda sotish mumkin emas

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Endilikda polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini tovarlar narxiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tan narxidan past narxlarda sotish, qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish, polimer plyonkali paketlarni olib kirish taʼqiqlanadi.

Aktsiya zelenыx protiv ispolzovaniya plastikovыx paketov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Janubiy Koreya yangi yildan plastik paketlardan voz kechadi

Bundan tashqari yakka tartibdagi tadbirkorlar qurilish materiallari, tsement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullana olmaydi. Ushbu mahsulotlarni sotish uchun albatta yuridik shaxs tashkil etish lozim.

Alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash, avtotransport vositalarini yuvish kabi faoliyat turlari bilan shugʻullanish uchun ham albatta yuridik shaxs tashkil etish lozim boʻladi.

Adliya vazirligi mazkur oʻzgartirishlarga sabab boʻlgan eng muhim jihat tadbirkorlar tomonidan soliqdan qochish uchun turli qonun buzilishi holatlariga yoʻl quyilganligi ekanligini eslatib oʻtgan.

"Xususan, avtotransport vositalarini yuvish faoliyatini tashkil etgan tadbirkorlar qoʻlida amalda oʻnlab shaxslar ishlaydi. Lekin ushbu tadbirkor YATT sifatida roʻyxatdan oʻtgani sababli, ular aslida toʻlashi kerak boʻlgan soliqning yarmini ham toʻlamaydilar.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yakka turdagi tadbirkor 3 kishigacha shaxsni yollashi mumkin.

Yaʼni, mohiyatan ham yuqorida koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlari bilan YATT shugʻullana olmaydi. Masalan, maʼlumotlarga koʻra, alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tsexda oʻrtacha 5‒15 kishi faoliyat yuritadi", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala