O‘zbek futbolchilari Dubayda: ilk mashg‘ulotlar va omad tilagi

© Foto: AFUSbornaya Uzbekistana pribila v Obyedinennie Arabskie Emirati dlya uchastiya v Kubke Azii-2019
Sbornaya Uzbekistana pribila v Obyedinennie Arabskie Emirati dlya uchastiya v Kubke Azii-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, Dubaydagi ob-havo o‘zbekistonlik sportchilar uchun qulay kelmoqda, ob-havo 23-24 daraja iliq. Jamoa Osiyo Kubogida munosib chiqish qilishga tayyor.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. 2-yanvar kuni tong sahar O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019da ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelishdi.

Parvoz 3 soatu 15 daqiqa davom etdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol uyushmasi matbuot-xizmati.

© Foto: AFUSbornaya Uzbekistana pribila v Obyedinennie Arabskie Emirati dlya uchastiya v Kubke Azii-2019
O‘zbek futbolchilari Dubayda: ilk mashg‘ulotlar va omad tilagi - Sputnik O‘zbekiston
Sbornaya Uzbekistana pribila v Obyedinennie Arabskie Emirati dlya uchastiya v Kubke Azii-2019

"Parvoz vaqtida havo kemasi komandiri Alisher Sultonov ushbu reysda futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zolari ham uchib ketishayotganini e’lon qilib, ekipaj a’zolari nomidan futbolchilarimizga Osiyo Kubogida omad tiladi", - deyiladi xabarda. 

Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq, futbol o‘ynash uchun juda qulay ob-havo ekani ta’kidlangan. O‘zbekiston futbolchilari Dubay shahridagi "Roda Al Bustan" mehmonxonasiga joylashishgan. 

Provodi sbornoy Uzbekistana po futbolu na Kubok Azii - Sputnik O‘zbekiston
Bizga faqat g‘alaba kerak: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qanday kuzatildi?

Terma jamoamiz a’zolari BAAdagi dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ulgurishdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston terma jamoasini BAAga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Birlashgan Arabi Amirliklarida futbol o‘yinlari 5-yanvar sansidan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasi esa 9-yanvar kuni maydonga tushadi. "Oq bo‘rilar" birinchi o‘yinni O‘mon termasiga qarshi o‘tkazadilar. Bundan tashqari F guruhida o‘zbekistonliklarning raqiblari Yaponiya va Turkmaniston futbolchilari bo‘lishlari kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0