Jamiyat

2019 yil uchun Davlat dasturi muhokamaga qoʻyildi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi. Muhokamalar 15 yanvarga qadar davom etadi. 2019 yilgi davlat dasturi loyihasi muhokamalar uchun eʼlon qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Yangi yil tabrigida nimalar haqida gapirdi?

2019 yil Davlat dasturi loyihasi 253 ta banddan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy gʻoya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Shuningdek, jamoatchilik muhokamalari doirasida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa instutlari vakkillari ishtirokida davra suhbatlari, munozalar, ochiq muloqotlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtishi kutilayotgan muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili", "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" davlat dasturlari ham fuqarolar bilan maslahatlashgan, fikr va takliflarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0