O‘zbekiston elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga doir qaror qabul qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProizvodstvo xolodilnikov
Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.

TOShKENT, 5 yanv  — Sputnik. Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. 

Konforki gazovoy pliti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 22 mingdan ortiq xonadon maishiy texnika bilan ta’minlandi

Qarorga muvofiq:

“O‘zeltexsanoat” AK negizida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi;

“O‘zeltexsanoat” AKga tegishli xo‘jalik jamiyatlarining ko‘chmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushi) Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, chet el investitsiyalarini keng jalb qilishga ko‘maklashish, sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etish “O‘zeltexsanoat” uyushmasining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Sklad slojnoy bitovoy texniki  - Sputnik O‘zbekiston
Maishiy texnika narxlari ko‘tarildi

Shuningdek, qaror bilan  “Sino” AJ davlat aksiyalari paketini investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymati bo‘yicha korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lash bilan bir vaqtda korxonaning faoliyatini sog‘lomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish sharti bilan topshirilishi belgilandi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2022 yilning 1-yanvariga qadar o‘zining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar, shuningdek, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida olib kelinadigan qurilish materiallari importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kunga kechiktirish imkoniyati berildi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yilning 1-yanvariga qadar:

- “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mol-mulk solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;

- shartnomalar bo‘yicha tashkilotlarning “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan chiqariladi.

Bundan tashqari, Elektrotexnika sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanishi belgilandi. Yo‘l xaritada quyidagilar nazarda tutiladi:

Start prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus - Sputnik O‘zbekiston
“Malika” savdo majmuasida tekshiruv: noqonuniy sotilayotgan texnika vositalari aniqlandi

- amaldagi elektrotexnika korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha 153,8 million dollar miqdoridagi 22 ta investitsiya loyihalarini 2019-2021 yillarda amalga oshirish;

- 2021-yilga yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini 2 baravarga oshirish;

- 2021-yilda tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarning eksport hajmini 400 million dollar miqdoriga erishish;

- loyiha qiymati 500 million dollar bo‘lgan istiqbolli innovatsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb etish.

Yangiliklar lentasi
0