Jamiyat

Ertaga ayrim viloyatlarda qor va yomgʻir yogʻadi

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahrida havo harorati kechasi -2...0, kunduzi +10...+12 daraja boʻladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomgʻir yogʻadi.

TOSHKENT, 6 yanv  — Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan maʼlumotga koʻra, 7 yanvar kuni mamlakat boʻylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Snegopad v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yogʻmayapti? Sinoptiklar javobi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -2...0, kunduzi +10...+12 daraja boʻladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomgʻir yogʻadi.

Fargʻona vodiysida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +4...+9 daraja boʻlishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomgʻir yogʻishi kutiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻib, havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda bir necha kun davomida qor yogʻadi

Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 darajagacha koʻtariladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, yomgʻir yogʻadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -3...-2, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etib, qor va yomgʻir yogʻishi kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -10...-5, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi. -5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomgʻir yogʻadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala