Ertaga ayrim viloyatlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida havo harorati kechasi -2...0, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.

TOShKENT, 6 yanv  — Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, 7-yanvar kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yog‘mayapti? Sinoptiklar javobi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -2...0, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +4...+9 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bir necha kun davomida qor yog‘adi

Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -3...-2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etib, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimonda kechasi -10...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. -5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomg‘ir yog‘adi.

Yangiliklar lentasi
0