Profilaktika inspektorlarining yordamchilari faoliyatiga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Obuna bo‘lish
Hujjat loyihasiga profilaktika inspektorlarining yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

TOShKENT, 6 yanv  — Sputnik. “Ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlarining yordamchilari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori muhokamaga qo‘yildi.

Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
IIV ichki ishlar xodimlari kuniga bag‘ishlab video suratga oldi

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining tugatilgan “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlarining 9 002 nafar shtat birligini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”, - deyilgan qaror loyihasida.

Shuningdek, hujjatga profilaktika inspektorlarining yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom, profilaktika inspektorlarining yordamchilarini kvota asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda profilaktika inspektorlari yordamchilarining mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom ilova qilingan.

Nizomda profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari qayd etilgan. Masalan,  tegishli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda ichki ishlar organlariga ko‘maklashish; biriktirilgan hududida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etish; fuqarolarda, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolar yig‘inlarida huquqiy targ‘ibot ishlarini tizimli amalga oshirish.

Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

Profilaktika inspektorlarining yordamchilari mehnatiga haq to‘lash turlari:

- egallab turgan shtat lavozimi bo‘yicha oylik maoshini tashkil etuvchi amal maoshidan;

- mehnatiga haq to‘lashning oylik qo‘shimcha turlari, bir yo‘la to‘lov hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan va nizom bilan o‘rnatilgan ustama va to‘lovlardan iborat.

“Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yordamchilariga rag‘batlantirish koefitsenti sifatida oylik lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yordamchilariga alohida mehnat sharoitlari uchun oylik lavozim maoshining 12 foizi miqdorida oylik ustama haqi to‘lanadi”, - deb yozilgan loyihada.

Qaror loyihasi 21-yanvargacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0