Jamiyat

Uy-joy kommunal sohasida boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Stroitelstvo domov v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan tanlov asosida tanlab olinadi.

TOSHKENT, 6 yanv  — Sputnik. Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

V maxalle Ibroxim ota Almazarskogo rayona Tashkenta vruchili klyuchi ot kvartir - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

Qarorda belgilanishicha 2019 yilda Yunusobod tumanidagi koʻp kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi.

Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish uchun boshqaruv kompaniyalari tuman hokimligi tomonidan tanlov asosida tanlab olinadi.

Boshqaruv kompaniyasi faoliyatini hisobdorlik va oshkoralik asosida olib boradi hamda mulkdorlarga har chorakda hisobot beradi, shuningdek umumiy mulkni saqlash uchun toʻlanmagan majburiy badallarni undirish huquqiga ega.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning Yoʻl xaritasi tasdiqlandi.

Yoʻl xaritasi doirasida xorijiy tajriba asosida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi, shuningdek kvartiralar ichiga issiq va ichimlik suvni hisobga olish smart-asboblar oʻrnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasida Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.

2020 yil 1 yanvargacha tajribani Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham qoʻllash choralari koʻriladi.

Boshqaruv kompaniyalarining uy-joy fondini saqlashdan olgan daromadlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va foyda soligʻidan, shuningdek chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, materiallar va uskunalar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala