Yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlarning qoʻshimcha litsenziya olishi talab etilmaydi

© tashtrans.uzAvtobus "Tashkent-Charvak"
Avtobus Tashkent-Charvak - Sputnik Oʻzbekiston
Mamlakat boʻylab nomuntazam, shaharlararo yoʻlovchi tashish uchun tegishli litsenziyaga ega avtobus yoki kichik avtobus xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha litsenziya olish talablari bekor qilindi.

TOSHKENT, 6 yanv  — Sputnik. Shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlardan mahalliy va xorijiy fuqarolarga mamlakat boʻylab nomuntazam, shaharlararo yoʻlovchi tashish uchun tegishli litsenziyaga ega avtobus yoki kichik avtobus xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha litsenziya olish talablari bekor qilindi. Bu haqda Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarorida aytilgan.

Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Yana 45 ta davlat fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirishi mumkin boʻldi

Shuningdek, quyidagilar uchun qoʻshimcha litsenziya olish talabi bekor qilindi:

- mehmonxona ichida joylashgan yoki unga tegishli boʻlgan alkogol mahsulotlari (bar, mini-bar, kafe, restoran) sotuvi bilan shugʻullanadigan umumiy ovqatlanish obʼyektlari va savdo nuqtalari uchun alohida ruxsat guvohnomasi;

- aeroportdan, temir yoʻl/avtoyoʻl vokzallaridan mehmonxonaga va undan qaytishga, shuningdek, turizm obʼyektlariga oʻzining ijarachilari transport xizmatlarini koʻrsatishi uchun litsenziya.

Shu bilan birga, 2019–2021 yillar davomida har yili 1 fevralga qadar Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga 5 million  dollar ekvivalentidagi pul mablagʻlari oʻtkazib boriladi.

Namunaviy, shu jumladan tarmoqli loyihalar asosida zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalarni qurish uchun 80-100 kvadrat metr oʻlchamda yer uchastkalarini elektron auktsionga qoʻymasdan olish uchun tadbirkorlarga ustuvorlik huquqi taqdim etiladi.

2022 yil 1 yanvariga qadar olib kiriladigan turistlar tashrif buyuradigan joylarga oʻrnatiladigan antivandal sanitariya-gigiyena shoxobchalari, shuningdek, moddiy madaniy meros obʼyektlari, muzeylar, teatrlar, galereyalar va belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxatdagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, turniketlar, dasturiy taʼminot, toʻlovni amalga oshirish – maʼlumot olish terminallari, videokuzatuv uskunalari bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala