TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. AQSH Senati Suriya hukumatiga yordam uchun yangi sanktsiyalarni kiritishni nazarda tutilgan qonun loyihasini toʻxtatib qoʻydi.
“Yaqin Sharqdagi Amerika xavfsizligini mustahkamlash” hujjati 100 senatorlarning uchdan ikki qismidan kamrogʻi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Qonun hujjatni kelgusida koʻrib chiqilishiga uchun zarur boʻlgan 60 ovozdan atigi 56 senator ovoz berdi. Shundan soʻng, senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell hujjatni qayta koʻrib chiqishga kiritdi.
AQShda 22 dekabrdan byudjet yoʻqligi uchun qator federal idoralar ishlamayapti yoki ayrim cheklovlar bilan ishlashmoqda: AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu hujjatga Meksika cheragasida devor qurilishiga 5,6 milliard dollar ajratish masalasini kiritishni talab qilmoqda, demokratlar esa bunga qarshi.
Suriya, Rossiya, Eronga qarshi sanktsiyalar
Qonun loyihasi Suriyaga qarshi turli sanktsiyalarni kiritishni taklif qilmoqda. Ularni AQSH prezidenti qarorlari asosida amalga kiritilgan va davlat rahbari ularni kongress tasdigʻisiz bekor qilmoqchi emas.
Bundan tashqari, ushbu hujjat Suriya hukumatiga harbiy va boshqa yordam uchun uning yaqin ittifoqdosh davlatlar – Rossiya va Eronga sanktsiyalarni kiritadi.
Sanktsiyalar anʼanaga koʻra AQSH yuridik va jismoniy shaxslar yurisdiktsiyasiga kiruvchi bank hisoblarni, AQSH vizasini berishni rad etish, berilganlarni esa bekor qilishni nazarda tutadi.
Hujjatga asosan sanktsiyalarga “Suriya hukumati, Rossiya Federatsiya hukumati yoki Eron hukumati nomidan yoki uning topshirigʻiga asosan Suriyada harbiy faoliyat yurituvchi xorijiy shaxs, harbiy pudratchi, yonlanma yoki harbiy tuzilma” kiradi.
Bundan tashqari, Suriya hukumati bilan har qanday hamkorlik, shu jumladan mamlakatda uglevodorodlar ishlab chiqarish, aviatexnika va harbiy ehtiyojlar uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun sanktsiyalar qoʻllaniladi.
Qonun loyihasida Rossiya Suriya va Eron hukumati bilan bir qatorda tinch aholi va fuqarolik obʼyektlar ustidan avia zarbalarni berish, insonparvarlik yordamni yetkazilishiga qarshilik qilishda ayblanmoqda. Qonunning 331-moddasidaga koʻra, Moskva, Damashq va Tehron bunday harakatlarni toʻxtatgandan keyin sanktsiyalar bekor qilinadi.
Shuningdek, insonparvarlik sabablar va AQShning “milliy xavfsizlik manfaatlari”ga javob bersa istisno tariqasida olib tashlanishi mumkin.
Shu vaqtning oʻzida hujjat prezidentni 180 kun ichida kongressga Suriya aholisiga insonparvalik yordamini berish strategiyasini kiritish majburiyatini beradi. AQSH Moliya vazirligi esa Suriya Markaziy Banki boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Isroil va Iordaniya bilan hamkorlik
Qonun loyihasining alohida boʻlimlari Isroil va Iordaniya bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan.
Xususan, Isroilga yordam berish dasturlari 2023 yilning oktyabrigacha choʻzdirilmoqda. Yordam miqdori har yili kamida 3,3 milliard dollar boʻladi. AQSH prezidenti Isroilga zamonaviy qurol yetkazib berishga ruxsat olmoqda.
Hujjatning bir nechta moddalari Isroil bilan kosmik sohada hamkorlik qilish, pilotsiz qurilmalardan noqonuniy foydalanishni oldini olish, rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻmak berish bilan bogʻliq.