Eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan sektor rahbarlari avtomobil bilan taqdirlanadi

© Aleksey SuxorukovKlyuchi ot avtomobilya
Klyuchi ot avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Nukus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar shtabi tarkibiga kiritiladigan idora va tashkilotlarning namunaviy ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga, hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar, soliq, moliya organlari va boshqa bir qator davlat idoralari kiritildi.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha komissiyaga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklandi.

Xususan, Komissiya sektorlarning “tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq organlarida vertikal boshqaruv tizimini joriy etadi.

2019 yil 1-fevraldan quyidagilar joriy etiladi:

- sektorlar shtabiga kiritilgan idora va tashkilotlarning har bir sektor bo‘yicha mas’ul xodimlari sektor rahbari bilan kelishilgan holda biriktiriladi va almashtiriladi;

- sektor rahbari boshchilik qiladigan idoradan sektor shtabi kotibi sifatida alohida xodim biriktiriladi;

- tumanlar (shaharlar) sektorlari rahbarlari haftada kamida bir marotaba, hududiy sektor rahbarlari esa oyda kamida ikki marotaba joylarga chiqqan holda qabullar o‘tkazadi.

2019 yil 1-apreldan respublika bo‘yicha yagona elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Mazkur elektron tizimga uyma-uy yurish, o‘tkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda boshqa ma’lumotlar kiritiladi.

Barcha sektorlar rahbarlari respublika axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq kiritib borilishi uchun shaxsan mas’uldir.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura soliq va bojxona organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradi

Qarorga muvofiq, sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi hamda yil yakunlariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan sektorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng namunali sektor”, “Eng tashabbuskor sektor rahbari”, “Eng faol sektor shtabi a’zosi” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Bunda baholash natijasiga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 2 nafar sektor rahbari avtotransport vositasi bilan taqdirlanadi, sektorlar faoliyatini namunali tashkil etgan rahbarlar va uning ishida faol qatnashgan boshqa shtab a’zolari qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

Shu bilan birga, faoliyati samarasiz deb baholangan sektor rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

Yangiliklar lentasi
0