Dunyoda

Eron razvedka vazirligi YEI terrorchilar roʻyxatiga kiritildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevropa ittifoqi kengashi terrorchilik roʻyxatiga Eron ikki nafar fuqarosi va razvedka va xavfsizlik vazirligini kiritdi.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Yevropa ittifoqi kengashi terrorchilik roʻyxatiga Eron ikki nafar fuqarosi va razvedka va xavfsizlik vazirligini kiritdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Oblomki amerikanskogo vertoleta s flagom Irana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron TIV Axvazdagi terakt tufayli YEIga aʼzo uch davlat elchilarini chaqirtirdi

“Kengash Eron ikki nafar jismoniy shaxslari va razvedka va xavfsizlik vazirligini YEI terrorchilar roʻyxatiga kiritdi”, - deyilgan bayonotda.

Bu choralar yaqinda Yevropa hududlariga oldi olingan hujumlar sababli joriy etildi.

Bundan tashqari, kengash avval roʻyxatga kiritilgan shaxs, guruh va tuzilmalarni qayta koʻrib chiqdi. Endi roʻyxatga 15 nafar jismoniy shaxs, 21 ta guruh va tuzilma kiritildi.

2018 yil noyabrda YEI TIV rahbari Daniyadagi mojarodan soʻng Eronga nisbatan sanktsiyalar roʻyxatini kengaytirishga rozilik bildirgandi. Ilgariroq, mamlakatda Eron maxsus xizmatlarining noqonuniy faoliyati haqida xabarlar paydo boʻlganidan soʻng Daniya Tehrondan oʻz elchisini chaqirib olgandi.

Daniya razvedka va xavfsizlik xizmati rahbari soʻzlariga koʻra, Eron maxsus xizmatlar Daniya hududlariga hujumni rejalashtirishgan.

Tehronda bu ayblovlar rad etildi. Eron TIViga Daniya elchisi chaqirildi.

Yangiliklar lentasi
0