Hodisalar

Rossiyada 13 yoshli qiz selfi olaman deb oʻzini otib qoʻydi

Rossiyaning Mitishi shahrida 13 yoshli qiz suratga tushish vaqti travmatik toʻpponchadan oʻzini jarohatladi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyaning Mitishi shahrida istiqomat qiluvchi 13 yoshli qizaloq selfi olaman deb, oʻzini jarohatladi. Bu haqda Rossiyaning Moskva viloyatidagi Tergov qoʻmitasining Bosh tergov boshqarmasi xabar berdi. Hodisa 5 yanvar kuni shahar tashqarisidagi uyda sodir boʻlgan.

Igrovoye prilojeniye Pokemon Go ot kompanii Nintendo - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yosh oʻzbekistonlik oʻz oʻlimi oldidan videotranslyatsiya orqali "dardini yorgan"

Qizaloq otasining travmatik toʻpponchasi bilan suratga tushishga qaror qiladi va otasining ruxsatisiz toʻpponchani gʻilofdan chiqaradi.

“Qiz ehtiyotsizligi tufayli, tasodifan qurol tepkisini bosadi va oʻz yuziga oʻq uzadi. Oqibatda uning pastki jagʻi sinadi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda dastlabki tekshiruv oʻtkazilmoqda. Qizaloqning otasi esa qurolni belgilangan ehtiyot choralariga muvofiq saqlamagani uchun - maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala