Jamiyat

Oʻzbekistonda yuklarni tashish uchun elektron platforma yaratiladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Fotobankka oʻtishGruzovыe furы
Gruzovыe furы  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Platforma yuklarni eksport-import qilishda transportda tashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplash, ishlov berish va tahlil qilish imkonini beradi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda xalqaro multimodal transport-logistika markazining elektron platformasi yaratiladi. Tegishli qaror Toshkent shahridagi Inha universiteti, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda «Oʻzavtotrans» agentligi tomonidan qabul qilindi.  Tomonlar hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar.

Shavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev yoʻlovchi tashish transporti tizimi bilan bogʻliq muammolarni tanqid qildi

Universitetning matbuot xizmati taʼkidlashicha, loyihada yuklarni eksport-import qilishda transportda tashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplash, ishlov berish va tahlil qilish, shuningdek ularni tezkor va oʻrta muddatli rejalashtirish, eksport-import yuklarni tashishda transportda tashish va omborga joylashtirishni qulaylashtirish, transport xarajatlarini qisqartirish, kelishtirish hisobiga yetkazib berish va ombor operatsiyalarining samaradorligini oshirish, logistika jarayonini barcha ishtirokchilarning aniq hisob-kitoblar va oqilona harakatlar yagona elektron platformasini yaratish koʻzda tutilgan.

Avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi ˃˃˃

Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti «Oʻzavtotrans» agentligi xodimlari bilan birgalikda universitet professor-oʻqituvchilari, talabalarni jalb qilgan holda platformadan foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar, qisqa muddatli oʻqish, malakaviy seminarlar, treninglar, master-klasslarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0