Tilanchilik uchun jazo yanada kuchaytirildi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaPoproshayka
Poproshayka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfli retsidivist yoki uyushgan guruh tomonidan tilanchilikka qilishga majburlagan holda, ushbu jinoyat 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. O‘zbekistonda tilanchilik qilish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo kuchaytirildi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti imzolagan yangi qonunda aytib o‘tilgan.

O‘zbekiston IIBB matbuot xizmatining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda qonun ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tashkil qilinib, qator tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Ulichnie zarisovki Tbilisi. Bezdomniy rebenok v perexode. - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘l cho‘zganga qamoq: O‘zbekistonda tilanchilik ta’qiqlanmoqda

Imzolangan qonunga ko‘ra, aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, –

- ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, –

- eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tilanchilikka jalb etish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga majburlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tilanchilik qilish qonun bilan ta’qiqlanishi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0