Shavkat Mirziyoyev: huquqni muhofaza qiluvchi organlar xalqqa xizmat qilishlari kerak

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-yanvarya posetil otdel vnutrennix del №7 Yunusabadskogo rayona goroda Tashkenta.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-yanvarya posetil otdel vnutrennix del №7 Yunusabadskogo rayona goroda Tashkenta.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi ikki yilda sohaga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezidentning 2018-yil 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limida ham zamonaviy tizim tashkil etilgan. Tezkor navbatchilik qismi, profilaktika bo‘linmasi, tergov bo‘linmasi, jinoyat qidiruv bo‘linmasi, pasport xizmati, psixolog faoliyati, yong‘in xavfsizligi, tez yordam, favqulodda yordam va boshqa xizmatlar bir joyda mujassamlashgan. Shuningdek, xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash uchun ayol inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev: huquqni muhofaza qiluvchi organlar xalqqa xizmat qilishlari kerak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev poytaxt ichki ishlar organlarini aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida tashkiliy-shtat bo‘linmasini maqbullashtirish loyihasi bilan tanishdi. Unga ko‘ra, ichki ishlar xodimlarining 86 foizini quyi bo‘g‘inga tushirish, tuman hokimligi, prokuraturasi, soliq inspeksiyasi va boshqa idoralar bilan hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari bu taklifni ma’qullab, jinoyatchilikning oldi olinishi, buni odamlar sezishi uchun pastda tizim mustahkam bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

“Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, prokuratura – hammasi xalqqa xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga, jamiyatda ham jaholatga qarshi ma’rifat kuchli bo‘lishi lozim. Muhit shunday bo‘lishi kerakki, hech kim jinoyatga qo‘l ura olmasin”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident profilaktika inspektorlarini faoliyat samaradorligiga qarab rag‘batlantirish, professionallik darajasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Profilaktika inspektorlari va ularning o‘rinbosarlarini o‘qitish, malakasini oshirish bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus filialini tashkil etish zarurligini ta’kidladi. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev: huquqni muhofaza qiluvchi organlar xalqqa xizmat qilishlari kerak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi

Ichki ishlar bo‘limidagi yangi mutaxassislar - psixolog, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha profilaktika inspektorlari bilan bo‘lgan suhbatda shavka Mirziyoyev xalq bilan ishlaydigan xodimlar psixologiyani chuqur bilishi, odamlarga ko‘mak, mehr berishi kerakligini ta’kidladi.

“Jinoyatga qo‘l urgan yoshlar, xotin-qizlarning avvalo muammolarini o‘rganish, maishiy muammolari bo‘lsa, mas’ul tashkilotlar orqali yordam berish, ruhan qo‘llab-quvvatlash zarur. Shundagina ularning dunyoqarashi o‘zgaradi, natija bo‘ladi”, – dedi prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev mazkur ichki ishlar bo‘limidagi pasport xizmati xonasida bo‘lib, biometrik pasportlarni rasmiylashtirish jarayonini kuzatdi. Jahon standartlari asosida tashkil etilgan tergov xonasini ko‘zdan kechirdi. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev: huquqni muhofaza qiluvchi organlar xalqqa xizmat qilishlari kerak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi
Yangiliklar lentasi
0