Ukraina chegarachisi pora sifatida berilgan pulni yeb qo‘yishga harakat qildi

Obuna bo‘lish
Ukraina huquq tartibot organlari pora tariqasida 200 dollarni olgan chegarachini qo‘lga olishdi.

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Ukraina huquq tartibot organlari pora tariqasida 200 dollarni olgan chegarachini qo‘lga olishdi. Chegarachi ushbu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina milliy politsiya xizmatiga asosan xabar qildi.

Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga tushdi

Politsiya xabarida aytilishicha, chegarachi pul evaziga Vengriya chegarasida joylashgan “Lujanka” punkti orqali Yevropa ittifoqi hududiga sigaret olib o‘tilishiga ko‘maklashgan.  

“Huquq tartibot organ xodimlari chegarachi bir ming dollar talab qilganligini qayd etishdi... inspektor 200 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi... Jinoyat ashyosini yo‘q qilish va javobgarlikdan qochish maqsadida chegarachi bu pulni yeb qo‘yishga harakat qiladi”, - deyilgan politsiya xabarida.

Ushbu holat yuzasidan “pora olish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Lujanka” nazoratdan o‘tish joyidan boshqa xodimlarining korrupsiyaga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0