O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota bahorda chiqariladi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi banknota Navro‘zga chiqarilishi mumkin. Hozir dizayn va chop etishga ruxsat kutilmoqda.

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda yirik miqdordagi yangi banknota bahor mavsumida chiqarilishi mumkin.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yirik qiymatdagi kupuralar muomalaga chiqariladi

Ayrim internet nashrlarda O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 100 ming so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Ushbu xabarlarda aytilishicha, yangi 100 ming so‘mlik banknota Navro‘z bayrami oldidan muomalaga chiqariladi.

Sputnik muxbiri ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Markaziy bank bilan bog‘landi.

“Yirik miqdordagi banknota chiqarilishi haqida ilgari ham xabar bergandik. Yangi banknotalar chiqarilishi haqida texnik topshiriqlar ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda ish olib borilmoqda. Biroq, banknota muomalaga chiqishi bo‘yicha aniq sana belgilanmagan”, - deb ma’lum qildi Markaziy bank matbuot xizmati vakili.

Markaziy bankdagi boshqa manbaaning ma’lumotiga ko‘ra, yangi banknota Navro‘zga chiqarilishi kerak. Hozir dizayn va chop etishga ruxsat kutilmoqda. Biroq hozircha aniq sana noma’lum. Bu 1-mart, 21-mart yoki 1-aprel ham bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda eng katta qiymatli kupura 50 ming so‘mlik bo‘lib, u 2017-yilning 22-avgustida muomalaga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0