Qars-qurs: O‘zbekistonda chips ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Gollandiyaning Kiremko kompaniyasi O‘zbekistonda kartoshkani yetishtirish va saqlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin.

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. BENILYuKS mamlakatlaridagi O‘zbekiston elchixonasi vakillari va Gollandiyaning Kiremko kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda kartoshka qayta ishlash masalasini muhokama qilishdi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

Produktovaya korzina - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht, tuxum, kartoshka: qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxati

Kiremko – dunyoda kartoshka qayta ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya kartoshka pure, kartoshka fri va chips ishlab chiqarish qurilmalarini tayyorlash va o‘rnatish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, xorijdagi qo‘shma korxonalarga texnik ko‘mak beradi. Rossiya, Hindiston va Xitoyda qo‘shma korxonalarini tashkil qilgan.

Gollandiya kompaniyasi rahbariyati O‘zbekiston kartoshka yetishtirish uyushmasi bilan hamkorlik qilishni muhokama qilib, O‘zbekistonda kartoshkani yetishtirish va saqlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazishga  tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda kartoshkani qayta ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonani yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilindi.

Bir oyda Toshkent umumiy ovqatlanish tarmoqlarida 540 tonna kartoshka fri va 880 tonna kartoshka pure is’temol qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0