TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 13 yanvar kuni boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogidan oʻrin olgan Turkmaniston — Oʻzbekiston uchrashuvini BAAlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh hakam — Ammor Al-Junaybiy. Yordamchilar — Muhammad Al-Hammadiy, Hasan Al-Mahriy.
Darvoza ortidagi hakamlar — Muhammad Abdulla Muhammad, Turkiy Al-Xudoyor (S.Arabistoni). Zaxiradagi hakam — Muhammad Al-Bakriy (S.Arabistoni).
Eslatib oʻtamiz, 9 yanvar kuni Oʻzbekiston – Ummon oʻyini 2:1 natija bilan yakunlandi. Oʻzbekiston bilan bir guruhda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya jamoalari ishtirok etmoqda.