Parijda yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi

© Foto: reutersNa meste vzriva v Parije
Na meste vzriva v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, novvoyxonada portlash gaz sizib chiqishi sababli bo‘lishi mumkin. Halok bo‘lganlarning orasida ikki nafar yong‘in o‘chirish xizmati xodimlari.

TOShKENT, 12 yanv  — Sputnik. Parij markaziy ko‘chasida novvoyxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va 50 ga yaqin kishi jarohatlandi.

Politsiya Fransii. - Sputnik O‘zbekiston
Parij markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi - video

Portlash bugun mahalliy vaqt soat 9-00 da Parijning Treviz ko‘chasida sodir bo‘ldi. Portlashdan so‘ng binoga yong‘in tushdi. Qo‘shni uylarda oynalar sinib ketdi.

Ispaniya TIV ma’lumotiga ko‘ra, bir nafar ispaniyalik ayol halok bo‘ldi.

“Afsuski, jabrlangan Ispaniya fuqarosi halok bo‘ldi”, - deb tasdiqladi Ispaniya TIVdagi manbaa. Bundan avval, bu ayol og‘ir jarohat olganligi haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, yana bir ispaniyalik jabrlangan, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Kristof Kastanerning ma’lumotlariga asoslangan holda BFMTV kanali xabar qilishicha, halok bo‘lganlar ichida ikki nafar yong‘in o‘chirish xodimlari bor. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash maishiy gaz sizib chiqishi sababli bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0