"Antiqa" tuxum surati Instagram᾽dagi jahon rekordini yangiladi

CC0 / pixabay / Yayso. Illyustrativnoe foto
Yayso. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunga qadar amerikalik model Kayli Jenner qizalog‘i Stormi bilan tushgan surati (18 million layk) Instagram olamidagi eng mashhur surat hisoblanardi.

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Instagram᾽da tuxum surati bir necha kun ichida 25 milliondan ziyod layk to‘plab, yangi rekord o‘rnatdi.

Shu kunga qadar amerikalik model Kayli Jenner qizalog‘i Stormi bilan tushgan surati Instagram olamidagi eng mashhur surat hisoblanardi. Ushbu surat 18 milliondan ziyod layk to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kylie (@kyliejenner)

Shu yilning 4-yanvar kuni Instagram᾽da World Record Egg sahifasi tuxum suratini joylashtirib, quyidagi izohni qoldirdi: “Keling, birgalikda Instagram᾽ning o‘tgan yilgi rekordini yangilaymiz va bu suratni eng mashhur qilamiz. Kayli Jenner rekordini yangilaymiz”.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot EGG GANG 🌍 (@world_record_egg)

Ertasi kuni ushbu surat 9 million layk to‘playdi, 10 soat so‘ng esa layklar soni bo‘yicha Kayli Jenner rekordini ortda qoldiradi. Hozirda layklar soni 45 milliondan ortiqni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatgich daqiqa sayin ortishda davom etmoqda.

BuzzFeed News nashrining ma’lum qilishicha, Instagram᾽dagi sahifani Britaniya qishlog‘idan bo‘lgan Genriyetta ismli tovuq yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0