TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. “AVANTI” tadbirkorlar uyushmasi aʼzolari mamlakatdan chiqish soligʻini joriy etishni taklif qilishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Murojaat SovFed va Davlat dumasi spikerlari Valentina Matviyenko va Vyacheslav Volodin nomiga yuborilgan. Bu tashabbus ichki turizmini rivojlantirish masalalari bilan bogʻliq.
Ushbu toʻlov 500 rubl boʻlishi mumkin.
Tadbirkorlar fikriga koʻra, Rossiya fuqarosi yoki xorijiy fuqaro mamlakatdan chiqishda, chegarani kesib oʻtayotganda bu soliqni toʻlashi kerak.
Bu nafaqat ichki turizmni rivojlantiradi, balki davlat byudjetiga yiliga 35 milliard rubl qoʻshimcha daromad olib kelishi mumkin.
Oʻzbekistonda bunday soliq yoʻq. Ilgari respublika fuqarolari chet elga (MDHning ayrim davlatlaridan tashqari) maxsus chiqish OVIR stikerlari orqali chiqishgan. Uning amal qilish muddati ikki yil boʻlgan.
2019 yildan boshlab mamlakatda alohida xorijiy pasportlar joriy etildi. 1 yanvardan bu hujjatni rasmiylashtirish uchun 243 ming soʻm miqdorda toʻlov toʻlanishi zarurligi belgilangan.