Sport

Oʻzbekiston - Yaponiya bahsini boshqaradigan hakamlar maʼlum boʻldi

© AFP / GIUSEPPE CACACEMatch mejdu sbornыmi Uzbekistana i Turkmenistana na kubke Azii po futbolu
Match mejdu sbornыmi Uzbekistana i Turkmenistana na kubke Azii po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Osiyo Kubogi guruh bosqichidan oʻrin olgan soʻnggi uchrashuvni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi oʻtkazadi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston - Yaponiya uchrashuvini BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqarib boradi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh hakamga yon chiziqlarda BAAlik Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla va Hasan Muhammad Hasan Abdulla yordam berishadi. 

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaArbitr iz OAE Muxammad Abdulla Xasan Muxammad
Oʻzbekiston - Yaponiya bahsini boshqaradigan hakamlar maʼlum boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Arbitr iz OAE Muxammad Abdulla Xasan Muxammad

Darvoza ortida BAAlik boshqa bir hakam Ammor Junaybiy va iroqlik Ali Sabah Ad-Day Al-Qaysiy ishlaydi. Toʻrtinchi hakam Xu Vey Min — Xitoydan. 

Eslatib oʻtamiz, 17 yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan oʻrin olgan soʻnggi uchrashuvni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi oʻtkazadi.

Uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0