Samarqandda ilk bor to‘xtatilgan yurakda murakkab operatsiya o‘tkazildi

© Gazeta ZarafshonOperatsiya na serdse u detey v Meditsinskom sentre Samarkanda
Operatsiya na serdse u detey v Meditsinskom sentre Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada tajriba orttirib kelgan kardioxirurglar va sun’iy qon aylantirish moslamasi yordamida 2 nafar bolada murakkab yurak operatsiyasi o‘tkazildi.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Samarqand viloyat viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tug‘ma yurak nuqsoni (porok) bilan tug‘ilgan ikki nafar bemorning yuragi ilk bor muvaffaqiyatli operatsiya qilindi, deb yozmoqda Zarafshon nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, markazda bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni va qorinchalararo to‘siq nuqsoni bo‘lgan ikki turdagi yurak porogi operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti Moskvadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazida ishlab tajriba orttirgan va ayni paytda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot fanlari nomzodlari Maqsud Saidov va Ikrom Mallayev rahbarligida amalga oshirilgan.

© Gazeta ZarafshonOperatsiya na serdse u detey v Meditsinskom sentre Samarkanda
Samarqandda ilk bor to‘xtatilgan yurakda murakkab operatsiya o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Operatsiya na serdse u detey v Meditsinskom sentre Samarkanda

2018 yil aprel oyida Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi Mamatqul Azizov aytishiga qaraganda, markaz 2018-yilda ochilgan. Markazga Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan. Xususan, vazirlik 8 turdagi tibbiy asbob-uskunalar, viloyat hokimligi esa qiymati 1 milliard 900 million so‘m bo‘lgan sun’iy qon aylantirish apparati olib kelib o‘rnatilgan.

Undan tashqari markaz shifokorlari xorijda malaka oshirib kelishgan. Natijada o‘tgan yil viloyat bo‘yicha tug‘ma yurak nuqsoni bor bemorlarning 82 nafarida yurakda yopiq kardiojarrohlik operatsiyalari o‘tkazilgan.Yaqin kunlarda bo‘limda yana o‘n nafar bemor bolalarda ushbu noyob jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0