"Superpolitsiya": oʻzbek militsiyasi qulay va koʻrkam formaga oʻtishi kutilmoqda

© GUVD g. TashkentaSotrudnik pravooxranitelnыx organov na fone mecheti
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov na fone mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek militsiyasi bugungi kunda zamonaviy va xalqqa yaqinroq boʻlishga intilmoqda. Ichki ishlar idoralari xodimlarining ijobiy imidjini shakllantirish maqsadida ularning formasini oʻzgartirish qarori qabul qilingan

TOSHKENT, 15 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston IIV idorasida yangi forma namunalari koʻrilmoqda va yaqin oylarda u oʻzbekistonliklar eʼtiboriga havola qilinadi, dedi seshanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Rustam Joʻrayev.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijon viloyati IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olindi

"Rahbar sifatida sizlarga aytmoqchiman, forma yoki militsiya nomi oʻzgargani bilan masala hal boʻlmaydi. Muhtaram yurtboshimiz biz uchun yangi oʻquv muassasasini ochayapti. Nega? Chunki bugun biz yangi xodimlarni shakllantirishimiz kerak. Yangi forma kiyganimiz bilan "eski hammom, eski tos" boʻladigan boʻlsa, kimga kerak bu?", - dedi Sputnik muxbirining savoliga javoban Toshkent shahar IIBB rahbari Rustam Joʻrayev.

Joʻrayevning aytishicha, forma tanlashda bir nechta davlatlar formalari koʻrib chiqilgan.

"Sifat va rang jihatdan eng sarasi tanlab olinmoqda. Forma ham koʻrkam, ham funktsional, ham qulay boʻlmogʻi lozim. Ichki ishlar idoralari boʻlinmalari koʻp - post patrul xizmati, tergov boʻlimi va hokazo. Har bir boʻlinmaning oʻz ehtiyojlari bor. Misol uchun, boshqa davlatlar post-patrul xizmatlarini koʻrib chiqqanimizda, ular sal qolmasa krossovkada yurishlariga guvoh boʻldik. Chunki patrul xizmati xodimi yugurishi va (qonunbuzarlarni) ushlashi kerak. Shu bois, ularning formasi qulay va gʻijim boʻlmaydigan boʻlmogʻi lozim. Bunday forma shimiga strelka ham kerak emas. Bizda esa, hozircha ofisda kiyiladigan forma ham, koʻchada ishlaydigan xodimlarimiz formasi ham bir xil", - deya tushuntirdi Toshkent bosh militsioneri. 

Aytishlaricha, yangi forma qulaylik jihatdan hamda mamlakat iqlimini hisobga olgan holda tanlanadi. Oʻzbekiston huquq posponlari yangi formasi masalasi yangi forma namunasi davlat va hukumat rahbarlari tasdigʻidan oʻtgach toʻliq hal boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala